Amerikaliklarning necha foizi ruhiy tushkunlikka qarshi dori iste'mol qilishi aniqlandi
AQSh fuqarolarining har oltinchisi hech bo‘lmasa, bir marta ruhiy tushkunlik va depressiya yoki inson miyasi va ruhiyatiga bog‘liq bo‘lgan boshqa xastaliklar sababli turli dorilarni qabul qilgan. Bu haqda bir guruh shifokorlar JAMA Internal Medicine jurnalida e'lon qilgan maqolada ma'lum qilishgan.
O‘tgan yili Nobel mukofoti sovrindori Angus Diton va bir necha nafar sotsiologlar, AQShda haqiqiy "xo‘jalik giyohvandligi" keng tarqalganini ta'kidlashgan edi. Bu shifokorlar va aholi orasida opiyli og‘riqsizlantiruvchi dorilar mashhurlashib ketgani bilan bog‘liq. Biroq, so‘nggi yillarda, Amerika aholisining ayrim guruhlari orasida o‘lim hollari kamayishi o‘rniga, aksincha, ko‘paymoqda.
Keyinroq, Pensilvaniya universiteti olimlari aniqlashicha, o‘lim va g‘arazli maqsadlarda foydalanish hollari nafaqat opiyli analgetiklar, balki oddiy aksildepressant dorilarga ham bog‘liqdir.
Shu kabi dorilar qo‘llanilishiga oid statistika ma'lumotlari to‘plagan olimlarning ta'kidlashicha, Amerikaning katta yoshli fuqarolarining 16 foizi yoki oltidan biri shifokorlardan yuqoridagi dorilarni xarid qilish uchun retsept yozib berishni talab qilishgan.
12 foizdan ko‘p amerikalik doimiy ravishda aksildepressantlarni qabul qilishini bildirgan, 8 foizga yaqini anksiolitik va boshqa turdagi tinchlantiruvchi dorilarni iste'mol qilishini aytgan bo‘lsa, ularning 80 foizga yaqini bu kabi dorilardan uzoq muddat mobaynida foydalanishini aytishgan.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024