O‘zbekiston | 11:59 / 14.12.2016
68778
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Mirziyoyevning qasamyod marosimi

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Bugun, 14 dekabr kuni Toshkentda Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi vaqtida prezidentning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Shavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi. Shundan so‘ng uni qasamyod qabul qilish uchun minbarga taklif qildi.

Marosimdan fotosuratlar O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.

Prezident Konstitutsiya va Qur'onga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

 

Mavzuga oid