Guardian: Rossiya va Turkiya Halabdagi sulh bo‘yicha kelishuvga erishishdi
Rossiya va Turkiya hukumatlari Halab sharqidagi tinch aholi vakillari va qurollangan muxolifatni ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Guardian nashri yuqori lavozimli turk mulozimiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu kelishuv sababli, sharqiy Halab tumanlarida istiqomat qilayotganlarning tirik qolish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya razvedkasi va Rossiya harbiylari o‘rtasidagi kelishuv Halab hududida o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutgan. U mahalliy vaqt bilan kechki 18:00dan e'tiboran kuchga kirgan.
Turk mulozimining aytishicha, Anqara a Moskva kelishuvga rioya etilishiga kafil bo‘lishadi. Buning natijasida tinch aholi vakillari va muxolifat a'zolari Idlib viloyatiga ketishlari mumkin bo‘ladi.
«Ular Idlibga yetib olishgach, bemalol ko‘chishlari mumkin bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qilgan manba.
Bunda, qamaldagi Halabning mahalliy aholisi Suriya hukumat kuchlari va uning Rossiya va Eron qiyofasidagi ittifoqchilarining hatti-harakatlari sabab halok bo‘lishdan xavotirlanayotganlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar qoldirishgan.
Avvalroq, AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbining aytishicha, ular Turkiya va Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan sulh haqidagi xabarlarni ko‘rishgan. Shunga qaramay, davlat departamenti bu ma'lumotni tasdiqlash uchun yetarli axborotga ega emas.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
15:50 / 17.10.2024
RF HKK Suriyaning Idlibidagi 27 ta nishonga zarba berdi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024