Fan-texnika | 00:26 / 14.12.2016
5841
2 daqiqa o‘qiladi

SpaceX kompaniyasi Dragon boshqariluvchi fazo kemasi parvozini keyinga qoldirdi

Foto: Space X

SpaceX kompaniyasi rahbari Elon Maskning Dragon kapsulasi yordamida fazogirlarni koinotga yuborish rejasi yaqin orada amalga oshmaydigan ko‘rinadi. Bunga esa uchish maydonchasida bu yil sentabrda yuz bergandek falokat yuz berishi mumkinligi sabab bo‘lmoqda. Sentyabrda Falcon 9 raketasi yonilg‘i bilan to‘ldirilayotgan paytda portlab ketgan va o‘zi bilan birga Isroilning AMOS-9 sun'iy yo‘ldoshini "olib ketgan".

Kompaniya muhandislariga raketaga yonilg‘i quyish tizimini eng mayda detallargacha ishlab chiqish va kelgusida favqulodda vaziyatlar yuz bermasligini istesno qilish uchun qo‘shimcha vaqt talab etiladi. Kompaniya vakillarining aytishicha, ayni vaqtda ular hozir qurilmaning dizayni, ishchi tizimlari, parvoz vaqtida raketa ichida yuz beradigan jarayonlar ustida ishlashga e'tibor qaratishgan. Shunga qaramay, SpaceX 2017 yilda ichida fazogirlar bo‘ladigan NASA kapsulalaridan birining sinov parvozini amalga oshirishi mumkin. Bu esa keyingi noyabrda yuz berishi kerak. Taxminan shu vaqtda fazogirlar skafandrlari va parashyut tizimlari sinovdan o‘tkaziladi.

SpaceX’ning bosh raqobatchisi Boeing ham keyingi avloddagi koinot raketasini yaratish ustida ishlamoqda. Boeing’ning CS-100 Starliner qurilmasi ham 2018 yilda sinovdan o‘tkaziladi. Kompaniya o‘z kemasini 2018 yil iyulida Yer orbitasiga uchirib, avgust oyida esa uni fazogirlar bilan birga koinotga uchirmoqchi.

 

Mavzuga oid