Jahon | 20:30 / 15.12.2016
7586
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda din masalalari bo‘yicha ishonch telefoni yo‘lga qo‘yildi

Foto: Getty Images

Qirg‘izistonda din masalalari bo‘yicha Axborot-maslahat markazi va "1592" raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda Qirg‘iziston madaniyat, axborot va turizm vazirligi ma'lum qildi. 

Markazda huquq, dinshunoslik va psixologiya bo‘yicha malakali mutaxassislar faoliyat yuritib, ular fuqarolarga malakali maslahat va psixologik yordam ko‘rsatadilar. Ikkita operator telefon orqali din masalalari bo‘yicha axborot taqdim qiladi va zarur bo‘lganda maslahat uchun mutaxassislarga yo‘naltiradi.

 

Mavzuga oid