Mutaxassis: Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga talabalar orqali ta'sir ko‘rsatmoqda
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida yirik davlatlar Markaziy Osiyo va Kavkazda qanday “yumshoq kuch”lardan foydalanayotganliklari bir necha mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi. Lev Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universitetining (Qozog‘iston, Ostona) xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Aynur Nog‘ayevaning fikricha, mintaqaga asosan AQSh, Rossiya va Xitoy ta'sir ko‘rsatishga urinmoqda.
Shu bilan bir qatorda, Rossiya manfaatlari ko‘proq rus tili, rus millatidagi insonlarning yashashlari bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo Rossiya uchun Qozog‘iston va Qirg‘iziston Yevroosiyo integratsiya loyihasidagi ishtiroki sabab strategik jihatdan muhim mintaqa bo‘lib qoladi.
Aynur Nog‘ayevaning fikricha, AQSh “yumshoq kuch”ni qo‘llash bo‘yicha jahon yetakchisidir. Ular bu ishni madaniyat yordamida amalga oshiradilar. Xitoy esa mintaqa davlatlariga ta'lim loyihalari orqali ta'sir ko‘rsatmoqda.
“Xitoyda ta'lim olishning murakkabligiga qaramay bugun mamlakatda tahsil olayotgan talabalar soni oshib borayotganini ko‘rish mumkin. Xitoy “xitoy dunyosi”ni yaratib bo‘ldi. Mamlakat imijini xorijiy talabalarni jalb etish orqali yaxshilash – Xitoy hukumatining katta mehnati sabab yuz bergan”, - deya aytib o‘tdi Aynur Nog‘ayeva.
Mavzuga oid
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
19:02 / 27.09.2024
Uyning eng arzon ijarasi Turkmanistonda, qimmati – Qozog‘istonda
18:35 / 19.09.2024