O‘zbekiston | 14:56 / 19.12.2016
126586
2 daqiqa o‘qiladi

Yangilangan Chevrolet Cobalt/Ravon R4 O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi mumkin

Bir yil muqaddam, Braziliyada restayling qilingan Cobalt namoyish qilingan edi. Aslida, ushbu sodda va ancha arzon bo‘lgan, birinchi galda rivojlanayotgan mamlakatlar bozori uchun mo‘ljallangan sedan Lotin Amerikasi mamlakati avtomobilsozlari tomonidan barpo etilgan. Shunga qaramay, tashqi ko‘rinishi sezilarli yaxshilangan sedan Janubiy Amerika mintaqasidan bosh hududlarda, hozircha, paydo bo‘lgani yo‘q. Va nihoyat, yaqinda internet tarmog‘ida GM Uzbekistan kompaniyasining Asakadagi zavodiga oid xabarlar paydo bo‘ldi: bu yerda restayling qilingan Kobaltni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan fotosuratlardan aytish mumkinki, ushbu zavodda ishlab chiqiladigan sedan Janubiy Amerika avtomobilidan umuman farq qilmaydi. Uning saloniga oid suratlar hozircha mavjud emas, dvigateli esa, o‘zgarmaydi, deyish mumkin. O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Kobaltlarga 106 ot kuchiga ega, 1,5 litrli motor o‘rnatiladi. Buning uchun respublikada yiliga 360 ming donagacha avtomobil dvigatellari ishlab chiqaruvchi zavod barpo etilgan. 

Avvalgi (chap) va yangilangan Cobalt

Aytish joizki, hozircha, gap Chevrolet savdo belgisi ostida avtomobillar ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. GM Uzbekistan zavodi ichki bozor uchun shu belgidan foydalanadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyaga Ravon savdo belgisi bilan yetkaziladi. Shunga ko‘ra, Cobalt — bu Ravon R4 hisoblanadi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ilk avlod sedanlar Rossiyaga yaqinda yetkazib berila boshlangani hisobga olinsa, yangisi haqida o‘ylash hali erta, deyish mumkin.  

Mavzuga oid