Jahon | 07:48 / 20.12.2016
12304
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston kompaniyasi Tojikistonda uchta GES qurmoqchi

Foto: RT

Hindistonning Khoday Group of Industries kompaniyasi Tojikistonda uchta o‘rtacha gidroelektrstansiyasini qurish imkoniyatini o‘rganmoqda. 

Yangi elektrstansiyalarni barpo etish masalasi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Hindiston poytaxti Dehli shahrida Khoday Group of Industries rahbariyati bilan o‘tkazgan uchrashuvida muhokama qilingan.

«Uchrashuv chog‘ida Obi Xingob («Nurobod-1» i «Nurobod-2») daryosi hamda Fondaryoda elektrstansiyalari barpo etish bo‘yicha uchta investitsiyaviy loyihalar muhokama qilingan», - deb xabar qilmoqda Tojikiston rahbari matbuot xizmati. 

Ta'kidlanishicha, «Nurobod-1» GESining loyihaviy quvvati 400 MVt, «Nurobod-2»niki 520 MVt, «Fondaryo» esa 135 MVtga teng bo‘ladi.

Tomonlar erishgan kelishuvga ko‘ra, Tojikistonning soha tuzilmalari Khoday Group of Industries kompaniyasi mutaxassislari bilan birga ushbu GES loyihalarini o‘rganib, o‘z xulosalarini hukumatga taqdim etadi. 

 

Mavzuga oid