Sport | 17:35 / 21.12.2016
15874
1 daqiqa o‘qiladi
«Real»ning 2017 yilgi transferlardagi asosiy nishoni ma'lum
Madridning «Real» klubi 2017 yil yozida transferlar vaqtida faol harakatlanadi.
Ole xabariga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidan «Yuventus»ning argentinalik yosh hujumchisi Paulo Dibalani tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
AS xabariga ko‘ra esa, «Real» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi, 27 yoshli Per-Emerik Obameyangni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Agar gabonlik futbolchi bilan shartnoma imzolanmasa, madridliklar e'tiborini Paulo Dibalaga qaratadi.
Bundan avval ispan nashrlari «Barselona» Dibalaga qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.
Italiya chempionatining 17 turidan keyin Dibal 10 uchrashuv o‘tkazgan, 3 gol urgan va 2 golli uzatma muallifi bo‘lgan.
«Real»ga qo‘llangan taqiqlar yumshatildi
Mavzuga oid
12:56
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
12:33 / 15.09.2024
«Real»ga ustun va to‘sin yordam berdi, «Siti» yakkapeshqadam. Kun o‘yinlari
11:38 / 12.09.2024