Jamiyat | 09:55 / 22.12.2016
7716
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Politsiyachi qoidani buzgan haydovchiga bo‘yinbog‘ini bog‘lab berdi

AQShning Menomoni (Viskonsin shtati) shahridan bo‘lgan Martin Folkzik ismli politsiya zobiti tezlikni oshirgani uchun to‘xtatgan yosh yigitga bo‘yinbog‘ni to‘g‘ri bog‘lashda yordam berib yubordi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Talaba Trevor Kini zobitga maxsus imtihonga shoshayotgani va bo‘yinbog‘ini to‘g‘ri bog‘lab beradigan do‘stini qidirayotganini aytib berdi.

Folkzik yigitga o‘z yordamini taklif qilib, bo‘yinbog‘ni to‘g‘ri bog‘lab bergan hamda bir vaqtning o‘zida Kinining haydovchilik guvohnomasi va sug‘urta qog‘ozlarini ham tekshirishga ulgurdi. Talaba qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi, xolos.

Kinining ABC News’ga aytib berishicha, imtihonda yaxshi qatnashgan hamda yuqori ballga ega bo‘lgan. U zobitdan yana bir bor dars olishga qaror qildi.

«Men u bilan uchrashish uchun qaytib keldim. U menga buni o‘rgatdi. Bu juda zo‘r», - deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi talaba.

Mavzuga oid