Firibgarlar Tu-154 fojyeasida pul ishlab olmoqchi bo‘lmoqdalar
Ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlar Rossiya mudofaa vazirligining Sochi yaqinida Tu-154 samolyoti falokatga uchrashi fojyeasidan pul ishlab olmoqchi bo‘lmoqdalar.
Aviahalokat yuz bergandan keyin internetda fuqarolarga gullarni arzon narxda sotib olish taklif qilingan xabar paydo bo‘ldi.
"Yaqinda yuz bergan fojyea sababli fuqarolarimiz Aleksandrov nomidagi ansambl repetitsiya bazasiga juda ko‘p miqdorda gullar olib bormoqdalar. U yerda gullar ko‘payib ketgani sababli, biz ularni so‘lib qolmasligi va uvol bo‘lmasligi uchun u yerdan olmoqdamiz. Shuning uchun agar mutlaq yangi gulni 40 foiz chegirma bilan sotib olmoqchi bo‘lsangiz, noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang", deb aytilgan taklifda.
Firibgarlar shuningdek "Tu-154" kod so‘zi bilan bu xabarni repost qilganlar uchun yana 5 foiz chegirma taklif qilganlar.
25 dekabrda falokatga uchragan harbiy samolyot bortida 92 kishi, jumladan Aleksandrov nomidagi ansamblning 64 artisti, 9 jurnalist, 8 nafar harbiy xizmatchi va 2 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:45 / 30.12.2021
Atir sovundan tayyorlanayotgan gullar
11:38 / 14.05.2018
Malayziya bosh vaziri amaldorlarga faqat gullar va yeguliklar sovg‘a qilishni aytdi
22:35 / 26.02.2018
Dubayda Mikki Mausning rekord balandlikdagi gulli haykali qad ko‘tardi
21:40 / 30.08.2017