Jahon | 11:46 / 27.12.2016
8330
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy ochiq kosmosdagi qurolli poygalarga qarshi chiqmoqda

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy kosmik kenglikdan tinchlikparvar maqsadlarda foydalanish tarafdori bo‘lib, ochiq kosmosdagi qurolli poygalarga qarshi chiqmoqda. Bu haqida XXRning kosmik tadqiqotlarga bag‘ishlangan "Oq kitobi"da ma'lum qilingan. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi. 

"Xitoy doimo ochiq kosmosdan tinchlikparvar maqsadlarda foydalanish tamoyiliga amal qiladi va u koinotdagi qurolli poygalarga qarshi chiqadi", - deyiladi hujjatda. 

Manbada ta'kidlanishicha, Xitoy rivojlanib bormoqda va kosmik resurslarni ongli ravishda qo‘llamoqda, kosmik muhit muhofazasi uchun samarali choralar ko‘rmoqda. Bularning barchasi tinch va toza kosmik kenglik, shuningdek Xitoy kosmik faoliyati butun insoniyatga faqat yaxshilik olib kelishini kafolatlaydi. 

Bundan tashqari hujjatda Xitoy kosmik tadqiqotlarini mustaqil o‘tkazishda davom etayotgani, lekin boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikka ochiq ekani ta'kidlangan. 

Mavzuga oid