O‘zbekiston | 17:30 / 27.12.2016
33338
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Tojikistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Dushanbe shahridagi temir yo‘l stansiyasida mehmonlarni mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston delegatsiyasining amaliy tashrifi davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha bir qator bitimlar imzolanishi ham kutilmoqda.

Mavzuga oid