Jahon | 10:52 / 27.12.2016
27359
4 daqiqa o‘qiladi

Tu-154 fojiasining guvohi paydo bo‘ldi

Rossiyaning “Kommersant'” nashrining yozishicha, Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154B-2 samolyotining Qora dengizga qulashi bilan bog‘liq halokatning guvohi paydo bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning Xmeymim aviabazasiga yo‘l olgan samolyot balandlikka chiqishning o‘rniga dumi bilan dengizga tushgan, so‘ngra parchalanib cho‘kib ketgan. Voqea guvohining shohidliklari, samolyot qora qutisi topilmasidanoq, halokat sabablarini taxmin qilishga imkon beradi. Ya'ni, fojia uchuvchilarning xatosi tufayli sodir bo‘lgan. Bunda, uchuvchilar havoga ko‘tarilish chog‘ida Tu-154ni xavfsiz burchakdan o‘tkazib yuborgani sababli havo layneri tezligini yo‘qotgan. Shundan so‘ng, balandlikka chiqish o‘rniga dengizga sho‘ng‘igan. 

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati «havo kemasining qulashiga guvoh kishi aniqlangan»i haqida xabar qilgan edi. “'” nashrining tergov jarayoniga aloqador manbalarining aytishlaricha, bu guvohlarning biri FXX chegara qo‘shinlari sohil qo‘riqlash xizmati xodimidir. U halokat ro‘y bergan vaqtda Sochi suvlarida bo‘lgan. Chegarachining hikoya qilishicha, u yakshanba kuni erta tongda aviahalokatning guvohi bo‘lgan. Adler aeroportidan havoga ko‘tarilgan samolyot balandlikka ko‘tarilish o‘rniga dengiz yuzasiga tezlik bilan pasaya boshlagan. Ko‘rinishidan u dengizga qo‘nish uchun urinayotgandek taassurot uyg‘otgan. Guvohning qayd etishicha, nimqorong‘ulikda samolyotning qo‘nish uchun egallagan holati uning hayratiga sabab bo‘lgan. Tu-154 kichik tezlikda tumshug‘i osmonga bo‘lgan holda pasaygan. Voqea shohidi, buni mototsiklning orqa g‘ildiragida turgan holatiga qiyoslagan. Bir necha lahzadan so‘ng, uning aytishicha, samolyot dumi bilan dengizga urilgan, zarbning kuchidan havo laynerining dumi uzilib ketgan, so‘ngra suvga qulagan va tezda cho‘kib ketgan. 

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, guvohning aytganlariga, u yoki bu darajada samolyot ekipaji a'zolarining harakatlari bilan bog‘liq bir necha omillar sabab bo‘lgan. FXXning ma'lum qilishicha, Tu-154 uchish yo‘lagidan belgilangan 345 km/soat tezlikda ko‘tarilgan. Biroq, bir necha soniyadan keyinoq, havo kemasi tezlikni va shunga muvofiq balandlikni yo‘qota boshlagan. Bunga, mutaxassislarning fikricha, uchuvchilarning tezroq balandlikka chiqish uchun noto‘g‘ri harakatlari sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng, taxminlarga ko‘ra, samolyot ko‘tarilishning belgilangan xavfsiz burchagidan o‘tib ketgan, qanotlarning ko‘tarilish kuchi va tezligini yo‘qotgan, natijada dengizga qulagan. 

Sochi fojiasiga, shuningdek, texnik omillar ham sabab bo‘lgani ehtimol. Masalan, samolyotning ortiqcha yuklanganligi (uchuvchi dispetcher bilan muloqotda samolyotni «og‘ir» deb atagan), yuk sababli samolyot muvozanatining yo‘qolganligi, stabilizator va zakrilkalarning noto‘g‘ri ishlagani hamda dvigatellar tortish kuchining kutilmaganda pasayishi shular jumlasidan. 

 

Mavzuga oid