Jahon | 14:51 / 04.01.2017
35661
1 daqiqa o‘qiladi

Hind Qirg‘iziston Mudofaa vazirligining general-mayori etib tayinlandi

Foto: thenewsminute.com

Asli hindistonlik bo‘lgan Shayx Muhammad Rafiq Qirg‘iziston Mudofaa vazirligining general-mayori etib tayinlandi. Bu haqida Times of India nashrida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, Shayx Muhammad Rafiq Qirg‘iziston fuqaroligiga ham ega, u sobiq prezident Qurmonbek Bakiyev Saliyevichning maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritgan. 

"Rafiq Keralni yoshligida tark etgan, u faqat boshlang‘ich maktab ta'limini olgan. Mumbayga borib, biznes bilan shug‘ullangan va u yerdan Yaqin Sharqqa qarab yo‘l olgan. U BAA, Eron, Saudiya Arabistoni va Qirg‘izistonda ishlagan", - deyiladi manbada. 

Mavzuga oid