KIA yangi Picanto fotosuratlarini namoyish etdi
Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi yangi avlod Picanto xetchbekining rasmiy suratlarini namoyish qildi. Bunga qadar faqatgina chizilgan rasmlari va renderlari ma'lum edi. Uning taqdimoti mart oyida Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
Yangi avtomobil Namyang (Koreya) va Frankfurt (Germaniya) shaharlaridagi dizayn-markazlarida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zining avvalgi gabarit o‘lchamlarini saqlab qolgan. Ammo, g‘ildiraklar asosi kengaytirilgan. Ikki o‘q o‘rtasidagi masofa 15 mmga uzoqlashgan va 2400 mmni tashkil etgan.
Ushbu xetchbek kuzovi 11 xil rangga bo‘yaladi. Bundan tashqari, intererni mijoz xohishiga ko‘ra jihozlash imkoniyati kengaytirilgan. Shu bilan birga, katta sensorli ekranga ega yangi multimedia to‘plami ham ko‘zga tashlanadigan jihatlaridan biridir.
Picanto hajmi 1 litrlik 3 silindrli kuchaytirilgan dvigatel bilan ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
09:27 / 31.12.2023
Velosipeddan boshlangan biznes – KIA kompaniyasi qanday rivojlangandi?
07:49 / 27.05.2022
Toshkentda KIA haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
20:35 / 10.03.2021
«Mingga yaqin mashina tayyor». O‘zbekistonda yig‘ilayotgan KIA avtomobillari sotuvga chiqish arafasida
20:39 / 06.10.2020