Fan-texnika | 16:15 / 05.01.2017
9092
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi QLED-televizorlarining yangi avlodini namoyish etdi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi CES 2017 xalqaro elektronika ko‘rgazmasida QLED-televizorlarining — Q7, Q8 va Q9 rusumlarining taqdimotini o‘tkazdi.

Mazkur televizorlar yanada takomillashtirilgan QLED texnologiyasining qaytarzda ishlashi xususida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Uning displeyi kvantli nuqtalar deb nomlanuvchi bir necha millionta alohida materiallar — metal Quantum Dot’dan iborat. Har bir nuqta muqobil ravishda yonadi, shu sababli, bunday ekranlar turli burchakdan qaraganda ham yorqinligini yo‘qotmaydi. 

Umuman, QLED texnologiyasi OLED texnologiyasiga o‘xshash, ammo, ikkinchisida yorug‘lik diodlari qo‘llanilsa, Samsung kompaniyasi yangi mahsulotida temir asosidagi kvantli nuqtalardan foydalangan. Bu esa, televizor tannarxini arzonlashtiradi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, OLED-televizorlarga qaraganda sifatliroq tasvirlarni aks ettiradi. Bundan tashqari, Q8 va Q7 modellari egik shakllidir. 

Ta'kidlanishicha, Samsung o‘z televizorlarining yorqinligini keskin yaxshilashga erishgan. 

QLED-panellari DCI-P3 standartidagi rang kengligining 99 foizini aks ettiradi. Bu esa, raqamli kinoteatrlar orasida eng keng tarqalgan formatdir. Uning har bir nuqtasi milliard xildagi jiloni namoyish etadi. 

Shu bilan birga, Samsung kompaniyasi Smart TV tizimini rivojlantirishga e'tibor qaratgan. Foydalanuvchilar Samsung Smart Remote tizimi yordamida televizorga ulangan barcha qurilmalarini birgina tugmani bosish bilan boshqara oladi. 

Yangilangan va takomillashtirilgan Smart View ilovasi esa, tv-dasturlarning barchasini ekranda namoyish etadi. Buning natijasida teledastur va videotranslyatsiyalarning istalganini mobil qurilma vositasida osonlik bilan tanlash mumkin bo‘ladi. 

Mavzuga oid