Istanbulda terrorchiga o‘xshash odam olomon tomondan do‘pposlandi
Istanbulning Pendik tumanida olomon tungi klubda terakt sodir etgan odamga o‘xshash qiyofali erkakka tashlanib qoldi.
Bir necha kishi jabrdiydani terrorchiga o‘xshatib, uni olomon qilishga qaror qilgan. Kaltaklanayotgan erkakka rahmi kelganlar bir fursatdan keyingina uni olomon ichidan chiqarib olib, mashinaga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishgan. Taajjublanarlisi, erkak hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan.
Kaltaklangan erkak politsiya bo‘limiga olib kelingan va u yerda uning shaxsi aniqlangan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari u bilan qisqa suhbat o‘tkazib, uning teraktga aloqador emasligiga ishonch hosil qilib, qo‘yib yuborishgan.
Jabrlanuvchining keyingi ahvoli haqida hech narsa ma'lum qilinmagan, deb xabar bermoqda CNN Turk.
Mavzuga oid
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
18:42 / 10.09.2024
Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Turkiyada ushlandi
09:15 / 10.09.2024
Belgiya: chechenistonlik shaxs teraktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 15 yilga qamaldi
11:22 / 06.09.2024