Trampning AQSh prezidentligidagi ilk qarori qanday bo‘lishiga oydinlik kiritildi
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Oq uydagi ilk siyosiy qadami Obamacare deb nomlangan majburiy tibbiy sug‘urta islohotini bekor qilish bo‘ladi. Bu haqda saylangan vitse-prezident Mayk Pens bayonot bergan.
"Berilgan va'dalarni bajarish vaqti keldi. Birinchi qadam Obamacare’ni bekor qilish bo‘ladi", — degan Pens. U Vakillar palatasidagi respublikachilar bilan AQSh majburiy tibbiy sug‘urta tizimini isloh qilishga bag‘ishlangan muloqotida shu haqda so‘z yuritgan.
Vitse-prezidentga ko‘ra, ushbu bekor qilishdan so‘ngra sog‘liqni saqlashning "tartibga solingan" eng yaxshi tizimiga o‘tish darkor.
Pens, shuningdek, 4 yanvar kuni kechga yaqin respublikachi senatorlar bilan ham uchrashishini ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, yangi ma'muriyat "saylovoldi kampaniyasi chog‘ida berilgan barcha va'dalarni bajaradi".
Shu bilan birga, prezident Barak Obama ham Vakillar palatasi va Senatdagi demokratlar bilan uchrashib, "Arzon tibbiyot to‘g‘risida" qonunni Kongressning ko‘pchilik respublikachilari hujumidan qanday asrab qolish usullarini muhokama qilgan.
Mavzuga oid
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024