Jamiyat | 18:21 / 05.01.2017
13270
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik yakkakurash jangchisi o‘zini kaltaklagan yigitni fotosurati orqali tanidi

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Rasul Mirzayev o‘zini kaltaklagan va o‘ldirayozgan bezori yigitlardan birini surati orqali tanigan. Bu haqda life.ru xabar tarqatdi.

Gumonlanuvchining fotosurati jabrlanuvchiga u yotgan shifoxonada ko‘rsatilgan.

Nashrning yozishicha, Mirzayev yotgan xonaga hujum qilishda gumon qilinayotgan yigitning ota-onasi ham kelgan. Ular Mirzayev bilan masalani tinch yo‘l bilan kelishib olishga harakat qilishgan ammo muddaolariga yeta olishmagan.

Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr kuni Moskvaning janubida 3 noma'lum shaxs rossiyalik MMA (Mixed Martial Arts) jangchisi Rasul Mirzayevni kaltaklab, travmatik quroldan jarohat yetkazgandi. 

Keyinroq bu hujumni uyushtirishda gumonlanuvchilardan biri Kamil Allaxverdiyev ekani aytildi.

Hujum sabablari ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, 2011 yilda Rasul Mirzayev ehtiyotsizlik tufayli odam o‘ldirganlikda ayblanib, 2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan - shu tariqa uning sportdagi karerasi intihosiga yetgan. 2011 yilning avgustida Mirzayev Moskvadagi tungi klubga kiraverishda Ivan Agafonov ismli talabaga musht tushirgan. Talaba hushidan ketgancha o‘ziga kelolmay, bir necha kundan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. 

Mavzuga oid