Ikki qizini o‘ldirgan qirg‘izistonlik ayol 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Qirg‘izistonning Qo‘chqor tuman sudi ikki nafar norasida qizini o‘ldirgan 30 yoshli badbaxt onani 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Mahalliy Turmush nashrining Norin viloyat sudiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, 28 dekabrda sud Chekildek qishlog‘ida yashagan K.A. ismli qotil onaning ishini ko‘rib chiqqan. Ayol "Qotillik" moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Ayol 2016 yil 16 oktabrdan hibsda ushlab turilgan. Tergovning aniqlashicha, u 15 oktabrda ikkinchi turmush o‘rtog‘i boshqa ayolga uylanmoqchi ekanligini bilib, u bilan janjallashib qolgan. Nizodan keyin ayol oshxonaga kirib, u yerda bo‘lgan, 2008 yilda tug‘ilgan qizining boshiga sellofan paket kiygazib, uni bo‘g‘a boshlagan. Qizchaning yig‘isi ham berahm onani to‘xtatmagan. So‘ngra u 2014 yilda tug‘ilgan ikkinchi qizini ham xuddi shunday yo‘l bilan o‘ldirgan.
Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan olgan va turmush o‘rtog‘i boshqa ayolga uylanmoqchiligidan darg‘azab holda bo‘lganini aytgan.
Ayol dastlab qizlari shamollab qolib, ularga dori ichirgani, ertalab esa uyg‘onishmaganini aytgan. Biroq tergov doirasida o‘tkazilgan ekspertizada qizlar bo‘g‘ilishdan halok bo‘lganlari aniqlangan. Qizlarni qotil ayolning ukasi ertalab jonsiz holda aniqlagan. Ayol tergov davomida qotilligini oxirgi mahal o‘z o‘limini sezayotgani va uning qizlari undan keyin birovga tobe bo‘lmasliklarini istagani bilan tushuntirgan.
Mavzuga oid
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024