Obamaga Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashganini isbotlovchi hisobot taqdim etildi
AQSh prezidenti Barak Obamaga mamlakat prezidentligi uchun saylovlarga «Rossiya va boshqa mamlakatlar aralashuvi»ni isbotlaydigan hisobot taqdim etilgan. Bu haqda, AQSh Milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper bayonotiga asoslangan holda The Associated Press agentligi xabar qilmoqda.
Ichki xavfsizlik vazirligi va Milliy razvedka tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilishicha, AQSh hukumatining saylovlarga xorijdan aralashuv bo‘lganiga va Rossiya Demokratik partiya a'zolari pochtasini buzganiga «ishonchi komil». Milliy razvedkaga ko‘ra, «Moskva Donald Trampning g‘alaba qozonishi uchun aralashgan».
Agentlik xabariga ko‘ra, Klepper va ayrim yuqori lavozimli mulozimlar, Rossiya AQSh hukumati, harbiylari, diplomatik va tijoriy amaliyotlari uchun jiddiy xavf soladi, deb hisoblamoqda.
Ushbu hisobotning ayrim maxfiy bo‘lmagan qismlari kelasi haftada e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024