Jahon | 09:31 / 10.01.2017
23928
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika bosh josusi: Tramp razvedkani pisand qilmayapti

Foto: Getty Images

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jon Brennanning bayonot berishicha, mamlakatning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakat razvedka tuzilmasini nazar-pisand qilmayapti va uni yetarlicha baholamayapti. Bu esa, Qo‘shma Shtatlarga nisbatan tahdidni kuchaytirishi mumkin. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z yuritgan.

«Yangi ma'muriyat — va har qanday prezident — yaxshi tushunib olishi kerakki, bu murakkab va xavfli dunyoda razvedka tuzilmasi va malakali josuslar mamlakat xavfsizligini ta'minlab, uning manfaatlarini himoya qiladi», — degan Brennan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, buni tushunmagan har qanday prezident yoki uning ma'muriyati mamlakatning xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini xavf ostiga qo‘yadi. 

Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashganiga doir hisobot xususida so‘z yuritgan Brennan, xulosalarning to‘g‘riligi va yuz berayotgan jarayonlarni yaxshi anglab turganini ta'kidlagan. 

Avvalroq, Trampning yordamchisi ham AQShning saylangan prezidenti Amerika maxsus xizmatlarining «rossiyalik xakerlar» harakatiga oid hisobotiga qo‘shilishini aytgan edi. 

 

Mavzuga oid