Jahon | 19:28 / 11.01.2017
31911
2 daqiqa o‘qiladi

Mutaxassislar insoniyatni kutayotgan bosh xatarlardan ogohlantirishdi

Foto: Reuters/Pixstream

2017 yilda insoniyatga ekologik va geosiyosiy muammolar xatar soladi. Bunday fikrga Davos shahridagi Butunjahon iqtisodiy forumi mutaxassislari kelishdi. Bu haqda global xatarlar haqidagi har yillik ma'ruza Global Risks Report 2017’da aytilgan.

Mutaxassislar hammasi bo‘lib 30 ta global xatar hamda ular orasidagi nisbatni kuchaytirishi yoki o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan 13 ta tendensiyani belgilab olishdi. Xatarlar 5 ta: iqtisodiy, ekologik, geosiyosiy, ijtimoiy va texnologik toifalarga bo‘lingan. O‘tgan yilga nisbatan xatarlarning tarkibi deyarli o‘zgarmagan. Yagona istisno – "mintaqaviy va global boshqaruvning nosamaradorligi" xatari bo‘lib, u mintaqaviy va global tuzilmalarning iqtisodiy, geosiyosiy va ekologik muammolarni hal qilishga qodirmasligi sifatida belgilanadi.  

2017 yilning yuz berishi ehtimoli eng katta xatarlari orasida uchtasi ekologiya, uchtasi geosiyosat sohasiga tegishli bo‘lib, ekologik xatarlar yuqoriroq turmoqda. Bular ekstremal ob-havo sharoitlari va katta ko‘lamli ekologik falokatlardir.

O‘tgan yili iqlim o‘zgarishi sohasida anchagina taraqqiyotga erishilgan: 100 dan ko‘proq davlat, jumladan AQSh va Xitoy 2015 yilgi Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini ratifikatsiya qilishdi. Bu kelishuv atmosferada karbonat angidrid miqdorini kamaytirish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi. Biroq Yevropa va Shimoliy Amerikadagi siyosiy sohalardagi o‘zgarishlar bu yutuqlarga xatar soladi, deb ogohlantirmoqdalar mutaxassislar.

Mavzuga oid