Jahon | 09:15 / 11.01.2017
34560
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: Rossiya va Xitoy AQShga yeta olmaydi

Foto: AP

AQSh prezidenti Barak Obamaning fikricha, rasmiy Moskva va Pekin xalqaro ta'siri bo‘yicha Vashington bilan bellasha olmaydi. Buning uchun amerikaliklar o‘z qadriyatlaridan voz kechmasligi kerak. Oq uy rahbari Chikago shahrida qilgan chiqishida shunday fikrni bildirgan. 

"Biz o‘z qarashlarimizni himoya qilishdan voz kechmasak va o‘zining kichik qo‘shnilarini qo‘rqitayotgan qandaydir yirik davlatga taslim bo‘lmasak, Rossiya yoki Xitoy kabi raqiblar jahonga ta'sir ko‘rsatish borasida bizlarga tenglasha olmaydi", - deb ishonch bildirgan AQSh rahbari. 

U, shuningdek, mamlakat fuqarolarini tashqi chaqiriqlar qarshisida "doimo diqqatli bo‘lishga va qo‘rqmaslik"ka undagan. "IShID aybsiz insonlarni o‘ldirishga urinadi, - deya uqdirgan Obama. – Biroq, biz konstitutsiyamiz va qadriyatlarimizga xiyonat qilmasak, ular Amerikani mag‘lub eta olmaydi".

Oq uy ma'muriyati Obamaning Chikago shahridagi ma'ruzasini "xayrlashuv murojaati" deb baholagan. 20 yanvar kuni yangi prezident – respublikachi Donald Trampning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi va u lavozimiga kirishadi.

Mavzuga oid