Volkswagen "dizel mojarosi" bo‘yicha AQShga qo‘shimcha tovon to‘laydi
Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik konserni "dizel mojarosi" bo‘yicha AQSh hukumati bilan tinchlik bitimini tuzishga yaqin turibdi. Bu bitim doirasida konsern AQShga 4,3 mlrd dollar qo‘shimcha tovon to‘laydi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Volkswagen kompaniyasi o‘z mashinalarida AQShning qat'iy ekologik me'yorlarini chetlab o‘tishga imkon beruvchi dasturiy ta'minot aniqlangandan keyin "dizel mojarosi" deb atalgan mojaro markazida qoldi. Shundan keyin kompaniyaga nisbatan Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlarida ham tergov boshlangan. Kompaniyada tan olinishicha, chiqindi gazlarda zararli moddalar miqdori bo‘yicha ekologik sinovlar natijalarini soxtalashtirish muammosi butun dunyo bo‘ylab 11 mln ta avtomobilni qamrab oladi.
Avvalroq ma'lum qilingandek, kompaniya mojaroni bosdi-bosdi qilish uchun 18,2 mlrd yevro ajratgan.
25 oktabrda San-Frantsisko federal sudi konsern tomonidan ushbu dasturiy ta'minot o‘rnatilgan mashinalar egalariga 14,7 mlrd dollar tovon to‘lab berish bo‘yicha kelishuv loyihasini ma'qullagandi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024