O‘zbekiston | 15:50 / 13.01.2017
9670
1 daqiqa o‘qiladi
Abdulaziz Kamilov BAAning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi
2017 yilning 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
TIV rahbari Afg‘onistonning Qandahor shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida BAA gumanitar missiyasi vakillarining fojiaviy halok bo‘lishlari munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
BAAning Muvaqqat ishlar vakili Roshid al-Mazruiy hamdardlik va dalda uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:49 / 02.09.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi respublika bilan aloqalarning rivojlanishi haqida gapirdi
11:24 / 29.08.2024
OAV: BAA banklari Xitoy elektronikasi uchun Rossiyadan to‘lovlarni bloklamoqda
12:06 / 06.08.2024