Jahon | 09:55 / 13.01.2017
5528
2 daqiqa o‘qiladi

Obama kubalik qochqinlarga mamlakatda yashash huquqini beruvchi siyosatni bekor qildi

foto : ria.ru

AQSh ma'muriyati mamlakatga vizasiz kirib kelgan kubaliklarga bu yerda yashash huquqini beruvchi siyosatni bekor qildi. Bu haqda prezident Barak Obamaning bayonotida aytiladi.

"Ichki xavfsizlik vazirligi yigirma yildan avval yaratilgan va boshqa davrga mo‘ljallangan "nam/quruq oyoqlar" siyosatini to‘xtatmoqda. Qaror hozirdanoq kuchga kiradi, shuning uchun Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy ravishda kirishga harakat qilayotgan kubalik fuqarolar AQSh qonunchiligiga ko‘ra umuman yo‘qoladi", - deyiladi davlat rahbar bayonotida.

Prezidentning ta'kidlashicha, kubalik noqonuniy muhojirlarga munosabat, boshqa davlat nolegallariga nisbatan munosabat bilan bir xil bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, orol davlati hukumati bunday shaxslarni ortga qabul qilib olishga rozi bo‘lgan.

Shu bilan bir qatorda, AQShga Kuba hukumati topshirig‘iga ko‘ra uchinchi davlatlarda ishlaydigan yoki ta'lim oladigan mamlakat tibbiyot xodimlarining kirishiga ruxsat beruvchi maxsus dastur ham bekor qilinmoqda. Endilikda bu tibbiyot xodimlari AQShga kirish uchun umumiy qabul qilingan qoidalar asosida murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.

"Ma'muriyatim ishida biz Kuba xalqining hayotini yaxshilash uchun mehnat qildik. Bu unga manbalar, ma'lumotlar va tashqi dunyo bilan aloqaga kirishish imkonini kengroq taqdim etish orqali amalga oshirildi. Bunday usulni qo‘llab-quvvatlash kubaliklar rivojlanishdan rohatlanishlari, islohotlarni o‘tkazib, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlarida kafolat bo‘lib xizmat qildi", - ta'kidlab o‘tdi Obama.

Avvalroq, AQShda istalgan kubalik muhojir yashash huquqini qo‘lga kiritishi mumkin edi.

Mavzuga oid