Belarus prezidenti Misrga rasmiy tashrif bilan keldi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Misrga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda "BelTA" axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Lukashenko samolyoti Qohira xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Lukashenkoni trap oldida Misrning sayyohlik ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Yahyo Rashid kutib olgan.
Lukashenko 15 yanvarda Misr prezidenti Abdul-Fattoh as-Sisiy bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng tarkibda bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar natijalariga ko‘ra turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
16 yanvarda Lukashenko Misr bosh vaziri Sharif Ismoil bilan uchrashadi hamda Belarus-Misr ishchi forumida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.10.2024
Haagadagi XJCdan Lukashenkoga qarshi tergov o‘tkazish so‘raldi
13:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
20:37 / 24.09.2024
Lukashenko: «Urushga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak»
22:33 / 16.09.2024