Jahon | 10:43 / 15.01.2017
6810
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Uilyam qirollik ishlari bilan shug‘ullanish uchun uchuvchilik faoliyatini yakunlaydi

Britaniyalik shahzoda Uilyam 2017 yilda sanitar aviatsiya sohasidagi faoliyatini tark etadi.

The Sunday Times nashri xabariga ko‘ra, qirollik taxtining ikkinchi vorisi (birinchi voris uning otasi Charlz Uelskiy - tahririyat) o‘zini to‘la ravishda qirollik xonadoniga bag‘ishlash uchun tibbiy xizmatlar ko‘rasatadigan harbiy bo‘linmadan ketadi.

Shahzoda 2015 yilning yozida Sharqiy Angliyada tez yordam vertolyoti uchuvchisi sifatida yangi ishini boshlagandi.

Shuningdek, shahzoda Uilyam Kembrijskiy va uning rafiqasi Ketrin Kembrijskaya (Keyt Middlton) Kensington saroyiga ko‘chib o‘tishga tayyorlanayotgani aytilgan.

Qayd etish kerakki, oxirgi oyda qirolicha Yelizaveta Ikkinchining sog‘ligi yomonlashdi.

Mavzuga oid