Fan-texnika | 19:14 / 19.01.2017
67349
1 daqiqa o‘qiladi

Eng birinchi elektron kompyuter qanday bo‘lgan?

Jahon axborot agentliklari Xitoyda dunyodagi eng qudratli kompyuter yaratilganini muhokama qilayotgan bir paytda Hi-Tech nashri eng birinchi kompyuter qanday bo‘lgani haqida ma'lumot taqdim etdi. 

ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer - Elektron raqamli integrator va kompyuyetr) – keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirish uchun qayta dasturlash mumkin bo‘lgan ilk elektron hisoblagich.

Mashina 1943 yilda AQSh armiyasi buyurtmasiga ko‘ra, Pensilvaniya universiteti olimlari tomonidan ishlana boshlangan. 

Shunisi diqqatga sazovorki, kompyuterning eng birinchi test vazifalaridan biri - superbombaning termoyadroviy portlashini matematik modellashtirish bo‘lgan. 1950 yilda mashinada birinchi muvaffaqiyatli raqamli ob-havo prognozi ishlab chiqilgan. 

ENIAC'ning og‘irligi - 27 tonna, energiya iste'moli - 174 kVt, hisoblash quvvati - bir soniyada 357 ko‘paytirish amali.

Mavzuga oid