Clash of Clans o‘yinining million akkaunti xakerlar tomonidan buzib kirildi
Supercell studiyasi o‘zining rasmiy anonsida 2016 yilning sentabrida xakerlar eng mashhur mobil o‘yinning million akkauntini buzib kirgani va bu Clash of Clans mobil strategiyasi ishlab chiqaruvchilari sayti forumiga ham tegishli bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Biroq bu hujumning o‘yin akkauntlariga hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘q.
Hozirda ishlab chiqaruvchilar zaiflik begona xakerlarga forum foydalanuvchilariga oid muayyan ma'lumotlarni olishga imkon bergani haqidagi hisobotni ko‘rib chiqishmoqda. Bir qator elektron pochta qutilari va shifrlangan parollar ham shu ma'lumotlar sirasiga kiradi.
Kompaniyada bu kabi zaifliklarga juda jiddiy munosabatda bo‘linishi va foydalanuvchilar xavfsizligi to‘g‘risida gap ketganda mutaxassislar juda jiddiy siyosat yuritishlarini qo‘shimcha qilishdi.
Supercell vakillari foydalanuvchilarga imkon qadar tezroq parollarni o‘zgartirishni taklif qilishdi. Shuningdek boshqa tizimlarda ham shu parollar qo‘llangan bo‘lsa, ularni ham o‘zgartirish zarurligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
20:21 / 27.11.2020
Shimoliy koreyalik hakerlar AstraZeneca xodimlariga hujum uyushtirdi
07:30 / 28.10.2020
Trampning saylovoldi kampaniyasi sayti xakerlik hujumiga uchradi
17:35 / 26.10.2020
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi saytiga xakerlar hujum qildi
22:27 / 15.05.2020