Jamiyat | 18:33 / 20.01.2017
51298
1 daqiqa o‘qiladi
Kamyob kasallik indoneziyalik qizning tanasini taxta kabi qotirib qo‘ydi (suratlar)
Indoneziyada yashovchi 35 yoshli Sulami kamdan-kam uchraydigan kasallik - ankilozir spondiloartritdan aziyat chekadi. Bu kasallik uning tanasini taxta kabi qotirib qo‘ygan. Life nashrida ma'lum qilinishicha, bemorning umurtqasi to‘liq harakatdan qolgan.
Sulamining ahvoli shu qadar og‘irki, u 90 yoshli buvisining yordamiga muhtoj.
35 yoshli qizni bambuk umurtqa deb atashadi. So‘nggi 10 yil u na engasha va na o‘tira oldi. U faqat tayoq yordamida harakatlanadi.
Ankilozir spondiloartrit umurtqa yoki tana a'zolaridan biri qattiq shamollagan taqdirda paydo bo‘ladi. Bemorning ahvolini faqat fizioterapiya kurslari va mashqlar to‘g‘irlay oladi.