La-Liga. «Valensiya» «Vilyarreal» uyidan g‘alaba bilan qaytdi
Ispaniya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri «Vilyarreal» va «Valensiya» jamoalari o‘rtasidagi derbida kuzatildi.
Uchrashuvda mavsumni o‘ta bo‘sh o‘tkazayotgan «Valensiya» kutilmaganda g‘alaba bilan yakunladi. Birinchi bo‘limda mehmonlar tomonidan kiritilgan ikki golga «Vilyarreal» javob qaytara olmadi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Valensiya» hisobidagi ochkolar soni 19taga yetdi va jamoa 15-o‘rniga ko‘tarilib oldi. «Vilyarreal» esa 31 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi.
Turning yana bir uchrashuvida «Alaves» o‘z uyida «Leganes» bilan durangga imzo chekdi.
La-liga, 19-tur
Vilyarreal – Valensiya 0:2 (0:2)
Gollar: Soler (35), Santi Mina (42).
Vilyarreal: Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Soriano, Trigeros, Dos Santos (Borre, 83), Soriano (Kastilexo, 61), Sansone, Pato.
Valensiya: Diyego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Soler (Suares, 78), Nani, Munir (Montoyya, 87), Santi Mina (Dzadza, 81).
Alaves – Leganes 2:2 (1:1)
Gollar: Laguardia (11), Mendes (51) – Gerrero (45), Insua (84).
Alaves: Pacheko, Vigaray, Laguardia, Ruano, Teo, Markos Lorente, Manu Garsiya, Mendes (Torres, 76), Kamarasa (Katai, 85), Ibai Gomes (Tokero, 78), Deyverson.
Leganes: Yago Errerin, Dias (Lopes, 73), Bustinsa, Mantovani, Insua, Marin, Peres, Timor (Lusiano, 62), Pires, Machis (Shimanovski, 56), Gerrero.
Mavzuga oid
13:12 / 30.04.2024
Levandovski 3 ta gol urib, «Real»ning chempionligini kechiktirdi
15:08 / 23.02.2024
Ispaniyada ko‘p qavatli uyda dahshatli yong‘in ro‘y berdi: qurbonlar bor (video)
01:56 / 04.05.2022
YeChL. «Liverpul» Emeri ertagiga kambek bilan yakun yasab, finalga yo‘l oldi
02:05 / 28.04.2022