Jamiyat | 09:45 / 23.01.2017
17399
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda farzand tug‘ilishi avj olmoqda

Foto: Wei Peiquan

Xitoyda 2000 yildan buyon ilk marotaba bola tug‘ilishi bo‘yicha yuqori natijalar qayd etilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi hukumat mulozimiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

2016 yilda XXRda 17,6 million bola tug‘ilgan, 2011-2015 yillarda esa bu raqamdan yiliga 1,4 million kam chaqaloq dunyoga kelgan. 

Ijobiy o‘sish, oilani rejalashtirish siyosatiga o‘zgartish kiritilgani va xitoy oilasiga bir farzanddan ko‘p bolali bo‘lishga ruxsat berilgani bilan izohlanmoqda. 

«Farzandni dunyoga keltirish yoshidagi ayollar soni 5 mln nafarga kamayganiga qaramay, tug‘ilishlar soni keskin ortgani, oilani rejalashtirish siyosatidagi o‘zgarishlar ayni vaqtida va samarali bo‘lganini ko‘rsatdi», — degan Xitoy sog‘liqni saqlash va oilani rejalashtirish ishlari bo‘yicha milliy komissiya rahbarlaridan biri Yan Venchjuan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yilgacha har yili bola tug‘adigan yoshdagi ayollar soni 5 mln nafarga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Biroq, Xitoy yiliga 17-20 million bola tug‘ilishi bo‘yicha ko‘rsatkichni amalda saqlab qolishga umid qilmoqda. 

Shu bilan 21-asrning ikkinchi o‘n yilligi oxiriga kelib, mamlakat aholisi 1,42 milliard kishiga yetishi ta'minlanadi. 2015 yil dekabr oyi oxirida bu ko‘rsatkich 1,37 milliardni tashkil etgan.
 

Mavzuga oid