O‘zbekiston | 16:38 / 23.01.2017
45725
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent dunyo gipertezyurar metro sxemasiga kiritildi

Inverse nashri dunyodagi eng yirik shaharlardan o‘tuvchi metropoliten chizmasini taqdim etdi. Xaritada belgilab qo‘yilgan shaharlar ichidan Toshkent ham o‘rin oldi.

Hyperloop kompaniyasi yangi turdagi transport – vakuumli poyezd ixtirosi bilan shug‘ullanadi. Bunday poyezdlar yo‘nalishi xuddi metro kabi yer ostidan o‘tadi, biroq yangi transport maxsus vakuumli kapsulalar orqali katta tezlikda harakatlanish imkonini beradi. G‘oya Ilon Maskka tegishli. Biroq amerikalik milliarderda uni amalga oshirish uchun hozircha tegishli qarorlar yo‘q.

Inverse joriy yilning boshida innovatsion loyihaning rivoji haqida hikoya qilingan material taqdim etdi. Hyperloop mutaxassislari yaqin besh yil davomida birinchi uchta yo‘nalishni qurish uchun qulay bo‘lgan hududlarni tanlashadi.

Keyinchalik nashr «Global metro xaritasi kelajak Hyperloop bilan ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rsatadi» sarlavhali material ham chop etdi. Maqolada yozuvchi Mark Ovedenning sxemasi taqdim etilgan. Yozuvchi o‘z xaritasida metropoliten bo‘lgan yoki uni qurish rejalashtirilgan shaharlarni birlashtirgan. Undan Toshkent ham o‘rin oldi.

Taqdim etilgan sxemada Toshkent orqali birdaniga to‘rtta tarmoq o‘tadi. Ularning biri orqali shahar aholisi Xitoy, Yaponiyaga, boshqasi yordamida – Vetnam, Hindistonga, uchinchi bilan – Ozarboyjon, Armaniston, Turkiya, Isroil, Misrga, to‘rtinchi orqali esa – Qozog‘iston va Rossiyaga borishlari mumkin bo‘lar edi.

Mavzuga oid