O‘zbekiston | 11:52 / 23.01.2017
54443
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

23 yanvar Farg‘ona vodiysining bir necha shaharlarida tongi taxminan 6:40da yer silkinishi qayd etilgan. Uning markazi Qirg‘iziston janubida bo‘lgan.

“Toshkent” seysmostansiyasidan xabar berishlaricha, O‘zbekistonda yer osti silkinish kuchi o‘rtacha 3-4 ballni tashkil qilgan: Farg‘onada - 4 ball, Namangan hamda Andijonda - 3 ball. Zilzila o‘chog‘ida uning magnitudasi 4,5 ballni tashkil qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar ro‘yxatga olinmagan, jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid