"Tramp" va "Kim Chen In" Hongkong ko‘chalarida uchrashib qolishdi
Hongkong aholisi kutilmagan sahna ko‘rinishiga guvoh bo‘lishdi. AQSh va Shimoliy Koreya prezidentlariga o‘xshab grim qilib olgan aktyorlar siyosatchilarning ko‘chada uchrashib qolishganini sahnalashtirishdi. Mazkur uchrashuv videolavhasi YouTube saytidagi Hong Kong Free Press sahifasiga joylashtirildi.
Donald Tramp va Kim Chen In qiyofasiga kirgan aktyorlar Hongkong ko‘chalari bo‘ylab sayr qilishgan. AQSh va KXDR o‘rtasidagi sovuq munosabatlarga qaramay, "Tramp" va "Kim Chen In" umumiy til topisha olgan va birgalikda metroga ham tushishgan.
Tramp qiyofasidagi aktyor kameralarga qarata, "soxta xabar" xususida hazil qilgan. Amerika prezidenti lavozimiga kirishishidan avval o‘tkazgan matbuot anjumanida CNN telekanalini yolg‘on yangiliklar kanali deb ayblagan edi.
Mavzuga oid
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
14:33 / 10.09.2024
Shimoliy Koreya yadroviy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi
22:11 / 31.08.2024
Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi
13:11 / 28.08.2024