Ma'naviy tushkunlik: gambiyalik qochqin uni masxara qilayotganlar ko‘z o‘ngida cho‘kib ketdi
Gambiyalik qochqin Venetsiyadagi Katta anhorda, smartfonlarida uni videoga tushirayotgan sayyohlar ko‘z o‘ngida cho‘kib ketdi. Bu haqda Independent gazetasi yozmoqda.
Ma'lum qilishlaricha, gambiyalik 22 yashar Patex Saballi anhor o‘rtasida suzishga harakat qiladi, bu orada guvohlar uni videoga olishda davom etishadi, irqchilikka oid turli ishoralar qilishadi va kulishadi. Videolardan birida hatto: "Qani, uyinga jo‘nab qolchi!", degan ovozni ham eshitish mumkin.
Suvga Saballi uchun har ehtimolga qarshi qutqaruv chambaraklarini irg‘itishadi, ammo yigit ulardan birortasiga yetib bora olmaydi. Hech kim uni qutqarish uchun o‘zini suvga tashlamaydi va gambiyalik barchaning ko‘z o‘ngida suvga g‘arq bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:29 / 12.11.2024
Italiyada 2 mingdan ziyod soxta san’at asarlari musodara qilindi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
14:38 / 30.10.2024