Jamiyat | 11:04 / 27.01.2017
5939
2 daqiqa o‘qiladi

Harvard olimlari metall ko‘rinishidagi vodorod olishdi

Harvard universiteti olimlari Ayzek Silvera va Ranga Dias Science jurnali sahifalarida metall vodorod olishga doir hisobotni chop etishdi. 

Olimlar, Yerning markazidagidan ham ko‘ra kattaroq bo‘lgan o‘ta yuqori bosim va juda past haroratni hosil qilish bilan kam miqdordagi qattiq vodorod moddasini olishga erishganlar. Ular kamgina vodorod metallini olish maqsadida ikki olmosdan foydalanishgan. Vodorod molekulasi ushbu qattiq jismlar yordamida siqilgan. Kelgusi haftalarda, olimlar bosimni asta-sekin pasaytirib borishadi va metall vodorod o‘z xususiyatini saqlab qoladimi-yo‘qmi, degan savolga oydinlik kiritishadi.

Hozircha, normal bosim va haroratda modda holatini barqaror saqlab qolishning uddasidan chiqilmagan. Biroq, olimlar bu moddaning kelajagi borasida to‘lqinlanib gapirishmoqda. 

"Bu Yerdagi metall vodorodning ilk namunasi. Shu sababdan unga qarar ekansiz, avval bo‘lmagan narsani ko‘rayotganingizni anglaysiz", — deydi professor Silvera.

Yangi material elektr tokini o‘tkazuvchi sifatida ishlatilishi mumkin. "Hozirda, elektr energiyasining 15 foizi iste'molchiga yetib kelguncha yo‘qotiladi. Agar, metall vodoroddan simlar yasalganida, bu muammo barham topardi", — deya olimning so‘zlarini keltiradi The Independent.

Metall vodorodni yana raketa yonilg‘isi sifatida qo‘llash mumkin. Chunki, bunday yonilg‘i hozirda mavjudlaridan 4 baravar samaraliroq bo‘lar edi. Bu esa, Yer orbitasiga katta yuklarni olib chiqish imkonini beradi. 

Mavzuga oid