Arab Davlatlari Ligasi Trampdan immigratsiya siyosatini o‘zgartirishni so‘ramoqda
AQSh prezidenti Donald Trampning qator musulmon mamlakatlar fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishini cheklashga doir farmoni Arab Davlatlari Ligasi (ADL) tashvishiga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Ahmad Abu Al G‘ayt bayonot bergan. U Trampni o‘z yondashuvini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
«Donald Trampning qarori oilalar birligi va AQSh hamda arab mamlakatlari xalqlari o‘rtasidagi aloqalarga putur yetkazadi», — deya Al G‘ayt so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi.
Uning fikricha, Tramp harakatlari so‘nggi 10 yillar mobaynida dunyoda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlarga ziddir.
Bundan avval, Tramp migratsiya siyosatini kuchaytirishga doir farmonini izohlagani xususida xabar qilgan edik.
Mavzuga oid
00:30
«Deportatsiya, chegara devori, bekor qilinadigan gumanitar yordamlar». Tramp prezidentligining ilk kunida nimalar qilishi ma’lum bo‘ldi
20:30 / 27.08.2024
AQSh sudi Baydenning migrantlarni qonuniylashtirish dasturini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi
22:11 / 20.03.2024
Texas shtati noqonuniy migrantlarni hibsga olish va qamash huquqi uchun kurashmoqda
22:21 / 01.02.2024