Jamiyat | 22:30 / 31.01.2017
9351
4 daqiqa o‘qiladi

«Oskar»ga nomzodlar qisqa videoroliklarda namoyish etildi

YouTube’dagi Art of The Film kanali “Oskar-2017” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan filmlarning yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirilgan qisqa roliklarini taqdim etdi.
Jamlanmada, shuningdek, suratga olish maydonchasida tushirilgan tasvirlar ham bor.

 

“Eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kelish», «To‘siqlar», «Vijdon amri bilan», «Oy nuri», «Dengiz yaqinidagi Manchester», «Sher», «Qanday bo‘lmasin», «Figurani yashirish» va «La-La Lend» filmining kadrlari jamlangan.

“Eng yaxshi liboslar dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Fantastik maxluqlar», «Ittifoqchilar», «Florens Foster Jyenkins», «Jyeki» va «La-La Lend» filmlarida qo‘llanilgan liboslar jamlangan.

“Eng yaxshi grim va turmak” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Uvening ikkinchi hayoti», «O‘z-o‘zini o‘ldiruvchilar otryadi» va «Startrek: Cheksizlik» kartinalaridan parchalar jamlangan.

“Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsiya filmi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kubo», «Moana», «Hayvonlar shahri», «Qizil toshbaqa» va «Qovoqcha hayoti» filmlaridan parchalar va ularning suratga olish jarayoni aks etgan.

“Eng yaxshi original musiqa” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Jyeki», «Yo‘lovchilar», «La-La Lend», «Sher» va «Oy nuri» kartinalarida ishlatilgan saundtreklardan foydalanilgan.

“Eng yaxshi montaj” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kelish», «Uzoqdagi ufq», «Salli», «La-La Lend» «Quvilgan yagona», «13 soat: Bengaziyning yashirin askarlari» va «Vijdon amri bilan» filmlaridan parchalar umumlashtirilgan.

“Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda Deni Vilnyov («Kelish»), Mel Gibson («Vijdon amri bilan»), Demen Shazell («La-La Lend»), Kennet Lonergan («Dengiz yaqinidagi Manchester») va Barri Jyenkins («Oy nuri»)larning izohlari o‘rin olgan.

“Eng yaxshi postanovkachi rassom” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kelish», «Fantastik maxluqlar», «Chezarga sharaf bo‘lsin!», «La-La Lend» va «Yo‘lovchilar» filmlarining parchalari namoyish etilgan.

“Eng yaxshi ssenariy” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan rolikda «Kelish», «To‘siqlar», «Figurani yashirish», «Sher» va «Oy nuri» kartinalaridan parchalar keltirilgan.

Ma'lumot uchun: g‘oliblarni tantanali e'lon qilish va taqdirlash marosimi 26 fevralda Hollivudda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid