O‘zbekiston | 16:08 / 31.01.2017
7038
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov: Kreml Tramp ishlariga baho bermaydi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, Kreml ma'muriyati AQSh prezidenti Donald Trampning harakatlariga baho bermaydi. 

«AQSh prezidenti faoliyatini baholash bizga emas. Yana aytaman, bu Amerikaning ichki ishi», — degan Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika rahbari Donald Trampning telefon orqali muloqoti chog‘ida vujudga kelgan ijobiy kayfiyatdan kelib chiqadi. 

Mavzuga oid