O‘zbekiston | 14:08 / 01.02.2017
35081
1 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi

23 yanvar kuni texnik-profilaktik ishlar o‘tkazilishi sababli vaqtincha to‘xtatilgan «Toshkent—Andijon—Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi 61/62, 60/59–sonli yo‘lovchi poyezdlarining qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

«2017 yil 1 fevral kunidan boshlab «Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi 61/62, 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlari hamda yuk poyezdlarining muntazam qatnovi yana yo‘lga qo‘yildi», deyiladi xabarda.

Fotosuratlar «Qamchiq» dovoni sirlarini fosh qilmoqda

Toshkent-Andijon poyezdi qatnovi qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

 

Mavzuga oid