Hindistonda ayol boshidan tirik suvarakni chiqarib olishdi
Hindiston janubidagi Chennai shahrilik tibbiyotchilar ayol boshidan suvarakni chiqarib olishdi. Ma'lum bo‘lishicha, hasharot tirik bo‘lgan, deb xabar berdi India.com portali.
42 yoshli ayol burni qichishi tufayli yarim kechasi uyg‘onib ketgan. Keyinchalik u nafas olishga qiynalayotganini sezib, mahalliy kasalxonaga yordam so‘rab murojaat qilgan. Tibbiyot xodimlari to‘rtinchi urinishdan so‘ng bu holatga nima sabab bo‘layotganini aniqlashdi. Mutaxassislar ayolning boshi ichida hasharotni topishgan.
Mahalliy tibbiyotchilarning xabar berishicha, bemor boshiga burun orqali kirib olgan suvarak bosh miyaga juda yaqin joy – qansharida bo‘lgan. Uni chiqarib olish jarayoni 45 daqiqani talab etdi.
“Bu mening 30 yillik tajribam davomidagi birinchi shunday holat”, - dedi jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan shifokor. Uning ta'kidlashicha, u burun bo‘shlig‘idan tugmalar, munchoqlar, bo‘r va hattoki bir bor zulukni ham chiqarib olgan ekan.
Mavzuga oid
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024