New Indian Express: Afg‘on hukumati "Tolibon" bilan ochiq muloqotga tayyor
"Afg‘on hukumati "Tolibon" bilan muloqotga ochiq" («Afghanistan government open to talks with Taliban: Envoy». «New Indian Express», 30.01.17) maqolasida Afg‘on islom respublikasi (AIR) va Pokiston islom respublikasi (PIS) elchisi bayonotiga e'tibor qaratilgan. Unda Kobulning toliblar bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazish uchun ochiq ekanligiga ishora qilingan.
Ta'kidlanishicha, AIR hukumati Qatardagi TH idorasi bilan bevosita aloqada, biroq qurollangan muxolifat tomonidan bunga javoban harakatlar yo‘q. Shunga qaramay, rasmiy Kobul har qanday vaqtda ham muzokaralarga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Biroq TH avvalgidek BMTning saktsion ro‘yxatidan "Tolibonlar" yetakchilarini olib tashlashni talab qilmoqda. Xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish masalasi bo‘yicha ta'kidlanishicha, AIRdagi urush mamlakatda xorij qo‘shinlarining qolishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari, Kobul tomonidan toliblarni tashqaridan qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish zarurati bildirilgan, zero bu jarayonning tezlashuviga to‘sqinlik qiladi.
Afg‘on hukumatida muzokaralarning tez orada boshlanishiga umid qilishmoqda. Bundan tashqari, har qanday jangovor xatti-harakatlarni to‘xtatish lozim, chunki zo‘ravonlik bundan keyingi muloqot imkonini kamaytiradi. AIRdagi vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi omil - Afg‘onistonning bir qator provinsiyalarida IShID terrorchi tashkilotining mavjudligi. IShID mahalliy aholi orasida u qadar mashhur bo‘lmasa-da, o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab kelmoqda.
Mavzuga oid
14:32 / 14.11.2024
Pokiston O‘zbekistonda "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarishi mumkin
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
21:44 / 09.11.2024