O‘zbekiston | 12:16 / 04.02.2017
53242
2 daqiqa o‘qiladi

Kimlar uchun «O‘zbekiston havo yo‘llari» chiptalarini olishda chegirmalar mavjud?

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Nukus—Toshkent—Nukus va Urganch—Toshkent—Urganch yo‘nalishlarida amaldagi tariflarning 50 foizi hajmida chegirmalar kiritadi. 

Xususan, chegirmalar quyidagi toifaga kiruvchi shaxslarga nisbatan amal qiladi:

• pensionerlar (shu jumladan 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf qilish ishtirokchilari);

• nogironlar (birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruh), nogironlik guruhi ko‘rsatilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tekshiruv akti ko‘chirmasi yoki guvohnoma bo‘lgan holda hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs;

• o‘qishga ketayotgan talabalar, oliy ta'lim muassasasiga taklifnoma yoki OTMga yo‘llanma, yoki talabalik guvohnomasi va OTMdan ma'lumotnoma bo‘lgan holda;

• 16 yoshgacha bo‘lgan bolalikdan nogironlar, nogironlik guruhi ko‘rsatilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tekshiruv akti ko‘chirmasi yoki guvohnoma bo‘lgan holda hamda nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs;

• fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam tayinlangan kam ta'minlangan oilalar a'zolari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organi tomonidan moddiy yordam to‘lanayotgan davr uchun ma'lumotnoma bo‘lgani holda.

Shu bilan bir qatorda, amaldagi qonunchilik va xalqaro shartnomalarga muvofiq alohida shaxslar uchun kiritilgan imtiyozlar saqlanib qoladi. Chegirmalar faqat “iqtisod” klass tarifidan beriladi.

Chegirmalarning bir nechta turidan bir vaqtning o‘zida foydalanishga ruxsat berilmaydi. Yo‘lovchi uchun eng manfaatli bo‘lgan chegirma qo‘llaniladi.

Mavzuga oid