Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
2017 yilning 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasining yangi tayinlangan rahbari Lianne Kuppensni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lianne Kuppens o‘zining O‘zbekistonga tayinlangani to‘g‘risidagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chenning maktubini vazirga topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan vazifalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
21:15 / 13.09.2024