Jahon | 09:13 / 05.02.2017
26958
1 daqiqa o‘qiladi

Musulmon davlatlar fuqarolariga AQShga kirishga ruxsat berildi

AQSh Davlat departamentida prezident Donald Trampning immigratsiya farmoni ta'siri ostiga tushuvchi 7 ta musulmon davlatining AQSh vizasiga ega fuqarolari AQShga hech qanday muammolarsiz safar uyushtirishlari mumkinligi ma'lum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.    

"Biz vizalarning vaqtinchalik taqiqlanishini bekor qildik. Amal qiluvchi vizalari bo‘lgan shaxslar AQShga kira oladilar", deb aytgan departament rasmiy vakili. 

Avvalroq bir qator aviakompaniyalar AQShga kirishi taqiqlangan 7 ta musulmon davlati fuqarolarini AQShga uchuvchi samolyotlari bortlariga qo‘ya boshlaganlari ma'lum qilingan.    

Mavzuga oid