Light | 00:09 / 07.02.2017
30782
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng qo‘rqinchli va vahimali labirintlari

Tarixchilarning ta'kidlashicha, dunyodagi ilk labirintlar qadimiy Misrda paydo bo‘lgan: To‘ng‘ich Pliniy Shedit yaqinida joylashgan tushunarsiz inshootni tasvirlagan, yunonlar uni Timsoh maydoni deb atashgan. Bu yerda Sebekaga (timsoh boshli Xudo) ibodat qilish odat tusiga kirgan bo‘lgan, labirint esa g‘aroyib diniy amallar yo‘llanadigan joyga aylangan.

Boshqa ko‘plab mamlakatlarda labirintlardan uzoq vaqt davomida taxminan shunday maqsadlarda foydalanilgan. Bu adashtiruvchi inshootlar hech qachon zerikkan odamlarning ko‘nglini ovlashga mo‘ljallanmagan. Bugungi kunga qadar dunyoda bunday "qorong‘i" tarixga ega inshootlar ko‘p emas. Don'tPanic nashri eng xavfli besh labirint to‘g‘risidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.

Parij katakombalari

XVIII asr oxiri aholisi haddan ziyod to‘lib ketgan Parij uchun oson kechmadi. O‘lim darajasining yuqoriligi atrofdagi barcha qabristonlarning to‘lib ketishiga olib keldi: hukumat marhumlarni nima qilish haqida favqulodda qaror chiqarishiga to‘g‘ri keldi. Shahar chizig‘ida joylashgan tashlandiq punktlar dastlab vaqtinchalik chora sifatida tashkil etildi - biroq ma'lumki, vaqtinchalik qarorchalik doimiy narsa yo‘q. Atigi bir yarim yil ichida bu yerga dafn qilingan jasadlar soni olti milliondan oshdi. Bu yerni vaqtinchalik haqiqiy o‘lim labirintiga aylantirib, kengaytirishga kirishishdi. Tasavvur qilib ko‘ring-a, bir necha yuz kvadrat kilometr hudud butkul o‘liklar bilan to‘ldirilgan. Bugungi kunda bu katakombalarning kichik hududi sayyohlar uchun ochiq, biroq ichkariga olib boruvchi yo‘llar jiddiy muhofazalanadi.

London yer osti

Londondagi ilk yer osti labirintlari ikki ming yil avval qazilgan. Ular shahar bilan birga o‘sib, rivojlangan - bu joylar kambag‘allar, o‘g‘rilar, qotillar va marhumlarning so‘nggi boshpanasi bo‘lgan. Londondagi XVI asr klassik hujralarini muayyan to‘lov evaziga sayyohlarga ko‘rsatishadi - bunday yo‘llanmani istagan agentlikdan sotib olish mumkin. Agar biroz harakat qilib, mahalliy gidni topsangiz, yanada chuqurroq kirishga muvaffaq bo‘lasiz. Qiziqishlaringiz mukofoti esa - qiynoqlar o‘tkazilgan kameralar, yonib ketgan kulbalar va hatto mo‘miyolangan tana qoldiqlari.

Yuta shtati labirinti

Kanonlends Milliy parkining eng chekka burchagiga sayyohlar kam keladi. Bu yerga kelganlarning ham maqsadi bir - tabiiy labirintda o‘z kuchini sinab ko‘rish. Bu dunyodagi eng murakkab labirintlardan biri. Yilning barcha mavsumlarida bu yerda tosh yog‘ilish va hatto suv toshqini xavfi mavjud. O‘tgan yilning o‘zida bu yerda 10 kishi izsiz yo‘qolgan - ularni bu hududda topishning mutlaqo imkoni bo‘lmagan.

Pizani villasi labirinti

Bu dunyodagi eng murakkab labirintlardan biri hisoblanadi. Ziyoratchilar bu yerda adashib, soatlab yurishlari mumkin. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu yerda Napaleon Bonapart ham adashib qolgan. U generallaridan biri bilan bu boshqotirmani bir soatda yechishini aytib, bahs boylagan. Ushbu labirint markazida omadli sayyohni XVIII asrning noyob minorasi kutmoqda.

Solovetskiy labirintlari

Slovetskiy orollaridan topilgan 35 tosh inshoot "shimoliy labirintlar" guruhiga kiradi. Irlandiya va Shotlandiyada ham xuddi shunday inshootlar bor. Bu o‘tmishda dunyo bo‘ylab tarqalgan yagona millat bo‘lganiga ishora qiladi. Ushbu labirintlarda inson qurbonliklari qoldiqlari topilgan. Mahalliy aholi bu labirintlarni chetlab o‘tishga harakat qiladi.